YPX inspektorlariga kombinezonlar tarqatildi (foto)

YPX inspektorlariga kombinezonlar tarqatildi (foto)
Karantin postlariga kelgan vaqtingizda qo‘lida tana haroratini o‘lchovchi «pirometr» emas balki YPH inspektorining «jezl»ini ko‘tarib turgan fuqaroni ko‘rdingizmi?

Karantin munosabati bilan tashkil etilgan barcha postlarda turgan YPX inspektorlariga IIV YHXBB rahbariyatining tashabbusi bilan xodimlarni virusdan himoya qilish maqsadida, himoyalovchi kombinezon, ko‘zoynak, tibbiy niqoblar tarqatildi.
YPX inspektorlariga kombinezonlar tarqatildi (foto)
YPX inspektorlari ushbu kombinezonlarni va tibbiy niqoblarni xizmat davomida foydalanib bo‘lingandan so‘ng yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinmoqda. Ko‘zoynaklar esa har bir xodimga biriktirilib xizmat davomida undan gigiyena qoidalarga amal qilgan holda foydalanishlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Hozirda Sirdaryo viloyati hududida tashkil etilgan barcha Karantin postlarda YPX inspektorlari xavfsizlik nuqtai nazaridan maxsus himoya vositalari bilan xizmat olib borishmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.