O‘zbekistonga 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassisi kelyapti

Bugun, 17 aprel kuni xitoylik mutaxassislar guruhi O‘zbekistonga yo‘l oldi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassislaridan iborat guruh COVID-19 koronavirusi bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam beradi.
Avvalroq, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov xitoylik shifokorlarning O‘zbekistonga kelishi haqida gapirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalaga bevosita prezident e’tibor qaratgan. Bosh vazir muzokaralar olib borgan.
“Maxsus samolyotda xitoylik mutaxassislar olib kelinib, davolanish usullarini ko‘rib chiqish, bamaslahat keyingi choralar rejasini tuzish mo‘ljallangan”, - degandi Nurmat Otabekov Kun.uz’ga bergan intervyusida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qayd etilishicha, 15 nafar xitoylik shifokor va tibbiyot mutaxassislaridan iborat guruh COVID-19 koronavirusi bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam beradi.
Avvalroq, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov xitoylik shifokorlarning O‘zbekistonga kelishi haqida gapirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalaga bevosita prezident e’tibor qaratgan. Bosh vazir muzokaralar olib borgan.
“Maxsus samolyotda xitoylik mutaxassislar olib kelinib, davolanish usullarini ko‘rib chiqish, bamaslahat keyingi choralar rejasini tuzish mo‘ljallangan”, - degandi Nurmat Otabekov Kun.uz’ga bergan intervyusida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













