Muborak hokimi ishdan olindi

Qashqadaryoning Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev lavozimidan ozod etildi, bu haqda 18 aprel kuni viloyat rahbari Zoir Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda e’lon qilingan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning ma’lum qilishicha, tuman hokimi vazifasini bajarish Sadriddin Narziyev zimmasiga yuklatilgan.
Narziyev shu vaqtgacha Jovliyevning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Muborak hokimi G‘ayrat Jovliyevning lavozimdan ozod qilinishi sabablari ma’lum qilinmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning ma’lum qilishicha, tuman hokimi vazifasini bajarish Sadriddin Narziyev zimmasiga yuklatilgan.
Narziyev shu vaqtgacha Jovliyevning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Muborak hokimi G‘ayrat Jovliyevning lavozimdan ozod qilinishi sabablari ma’lum qilinmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













