Yunusobodda YTH: avtobus yo‘l bo‘yidagi ustunga urildi

Yunusobodda YTH: avtobus yo‘l bo‘yidagi ustunga urildi
Foto: IIBB
21 aprel kuni ertalab soat 07.15 da Yunusobod tumanidagi A.Donish ko‘chasida «Isuzu» rusumidagi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 37 yoshli haydovchi Elmurod I. boshqaruv yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketadi va ustunga borib uriladi.

To‘qnashuv natijasida haydovchi, ikkita yo‘lovchi – 38 yoshli Ikrom D. va 24 yoshli Azizbek M. jarohat olib, tibbiy yordamga murojaat qilishgan.
YTH sababi aniqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.