O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2136 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2136 taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 9 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 3 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2136 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

2 may kuni jami 32ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 59 nafar bemor sog‘aydi.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2136 taga yetdi
Umuman, so‘nggi 12 kunda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda - bu oraliqdan 11 kunda tuzalganlar soni yangi holatlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat 30 aprel kuni ikki holat ham teng bo‘lgan. Ayni vaqtgacha 1278 kishi kasallikdan sog‘aygan, 849 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.