O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan sayyohlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Kuchaytirilgan sanitariya-epidemiologik xavfsizlik rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda turizm sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
«O‘zbekiston 24» telekanali muxbirlarining xabar berishicha, mamlakatda chet ellik sayyohlar uchun o‘ziga xos «xavfsizlik yostiqchasi»ga aylanadigan «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» (Uzbekistan/Safe travel guaranteed) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilmoqda.
«Agar chet ellik sayyoh koronavirus infeksiyasini yuqtirib olsa, unga 3000 dollar miqdorida kompensatsiya puli beriladi. Ushbu amaliyot dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng qo‘llaniladi», - deyiladi «O‘zbekiston 24» telekanali xabarida.
Ta’kidlanishicha, turoperator tomonidan karantin davrida chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatish faqat «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» reyestriga kiritilgan ob’ektlarda amalga oshirilishi mumkin.
Turistik hududlarning ma’muriy kengashini boshqarish hukumat rahbariga yuklatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«O‘zbekiston 24» telekanali muxbirlarining xabar berishicha, mamlakatda chet ellik sayyohlar uchun o‘ziga xos «xavfsizlik yostiqchasi»ga aylanadigan «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» (Uzbekistan/Safe travel guaranteed) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilmoqda.
«Agar chet ellik sayyoh koronavirus infeksiyasini yuqtirib olsa, unga 3000 dollar miqdorida kompensatsiya puli beriladi. Ushbu amaliyot dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng qo‘llaniladi», - deyiladi «O‘zbekiston 24» telekanali xabarida.
Ta’kidlanishicha, turoperator tomonidan karantin davrida chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatish faqat «O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan» reyestriga kiritilgan ob’ektlarda amalga oshirilishi mumkin.
Turistik hududlarning ma’muriy kengashini boshqarish hukumat rahbariga yuklatildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













