«Chinni bozor» qachon ochiladi?

«Chinni bozor» qachon ochiladi?
Toshkentdagi «Abu Saxiy» savdo markazi qarshisida, Zangiota tumaniga qarashli «Chinni bozor» tumanning «qizil» hudud ekani sababli bir necha oydan beri yopiq qolmoqda.

Zangiota tumanida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun maxsus shifoxona qurilgani bois, hududlarni toifalarga ajratish boshlanganidan beri tuman «qizil hudud» sifatida qolmoqda.

Ayrim tadbirkorlar karantin tufayli 3 oy sabr qilganlari, endi savdo qilmasa, boshqa tirikchilik manbayi yo‘qligini aytishmoqda.
Shu bilan birga, ayni bozorning ishlamayotgani aholiga ham qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Ayni paytda bozor tashqarisida kechayotgan savdo-sotiq ishlari karantin qoidalariga, sanitariya-gigiyena talablariga mos emas. Shunday ekan, balki belgilangan barcha talablarga rioya etgan holda bozor faoliyatini qayta yuritishga ruxsat berish kerakdir?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.