Sardobada Captiva’ni hujjatsiz haydab ketgan 18 yoshli qiz YTHga uchrab halok bo‘ldi

Sardobada Captiva’ni hujjatsiz haydab ketgan 18 yoshli qiz YTHga uchrab halok bo‘ldi
Foto: Sirdaryo viloyati YHXB
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida 18 yoshli qiz boshqaruvidagi Captiva ag‘darilib ketgan, oqibatda haydovchi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 24 iyul kuni soat 12:10 larda fuqaro 2002 yilda tug‘ilgan U.X. hech qanday tegishli hujjatlarsiz fuqaro R.N.ga tegishli Captiva’ni Sardoba tumani «Qo‘rg‘ontepa» mahallasi hududidan o‘tgan 4R-33 avtomobil yo‘lining Nayman—Dashtobod yo‘nalishi 29-kilometrida boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida avtomashina ag‘darilib ketgan.
Sardobada Captiva’ni hujjatsiz haydab ketgan 18 yoshli qiz YTHga uchrab halok bo‘ldi
Foto: Sirdaryo viloyati YHXB
Oqibatda haydovchi U.X. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Sardoba tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sardobada Captiva’ni hujjatsiz haydab ketgan 18 yoshli qiz YTHga uchrab halok bo‘ldi
Foto: Sirdaryo viloyati YHXB
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.