Koronavirus o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatadimi?

Koronavirus o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatadimi?
COVID-19 o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatadimi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.
\"Ha ta’sir qiladi. Ya’ni, agar bemorda MSKT (multispisal kompyuter tomografiya)sida o‘pkada ma’lum foizda jarohatlanish kuzatilsa, bu me’yoriy hajmda o‘pkaning shuncha sohasi faoliyati orqada qolayotganini bildiradi.

Bu esa, o‘pkaning shuncha qismi nafas faoliyatida faol ishtirok etmasligini bildiradi.

Inson organizmi qayta tiklanishga moyil. Doimiy yengil jismoniy faollik bilan shug‘ullanish va nafas mashqlarini bajarish bilan o‘pkani jarohatlanishidan asrashga yoki jarohatlangan sohalarni tiklashga, o‘zingizga o‘zingiz yordam berishingiz mumkin
\", dedi Ubaydullayeva.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.