Rossiyaning ikkinchi vaksinasi oktabrda tayyor bo‘lishi mumkin

Rossiyaning ikkinchi vaksinasi oktabrda tayyor bo‘lishi mumkin
Foto: RT
«Rospotrebnadzor» Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasi oktabr oyida ro‘yxatdan o‘tishga tayyor bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Dori «Vektor» markazi tomonidan tayyorlanyapti.
Vaksina klinik sinovlarining ikkinchi bosqichi sentabr oyida nihoyasiga yetadi. Sinovlar natijalari olinganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tishga ariza topshirish mumkin.

«Tadqiqotlarda 86 kishi qatnashyapti, ular ikki guruhga bo‘lingan: birinchi guruh (43 nafar ko‘ngilli) «EpiVakKorona» vaksinasini, ikkinchi guruh (43 nafar ko‘ngilli) platseboni qabul qildi», — deb yozmoqda «Interfaks» «Rospotrebnadzor»ga asoslanib.

Barcha ko‘ngillilar 23 sutkaga shifoxonaga yotqizilgan. Ular o‘zlarini yaxshi his etayotgani, umumiy reaksiyalar kuzatilmayotgani aytilgan.
Agarda «Vektor» markazi vaksinasi oktabrda ro‘yxatdan o‘tsa, uni noyabrdan keng ko‘lamli ishlab chiqarishni boshlashmoqchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.