Lavlagi immunitetni mustahkamlaydi

Lavlagi immunitetni mustahkamlaydi
Qizil lavlagi salomatlik va uzoq umr ko‘rishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibidagi vitamin A va vitamin R tomirlarni qayishqoq va mayin qiladi, yurak-tomir kasalliklari, ayniqsa, gipertonik xastaliklar rivojlanishining oldini oladi.

Lavlagida «betain» degan organik modda bor. U qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi, jigar ishini me’yorlashtiradi.
Bu ne’mat tarkibidagi vitamin S organizmning infeksion va shamollash kasalliklariga qarshilik kuchini oshirib, immunitetning mustahkamlanishida ko‘maklashadi.

Zamonaviy tabobatda qizil lavlagi me’da-ichak, jigar, o‘t yo‘llari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Sharbati — kuchli o‘t haydash xususiyatiga ega. Pishirilgani — qabziyatda yaxshi yordam beradi, bu ne’mat ayniqsa kamqonlikda foydali. Sharbati hazm jarayonini yaxshilash barobarida moddalar almashinuvida ham faol ishtirok etadi. Qandli diabet, qabziyat, kamqonlik, ateroskleroz, tireotoksikoz singari dardlarni tuzatishda yordam beradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.