Benzinning narxi oshdi

Benzinning narxi oshdi
Kechadan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Ai-80 rusumli benzinning narxi oshdi.

Shu vaqtgacha Toshkent shahridagi ayrim «zapravka»larda Ai-80 rusumli benzin 4100 so‘mdan 4500 so‘mgacha sotilayotgan edi. Hozirda ushbu markadagi benzin turli yoqilg‘i quyish shohobchalarida 4500 so‘mdan 4800 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.