«Malika»da pichoqbozlik sodir bo‘ldi (foto)

«Malika»da pichoqbozlik sodir bo‘ldi (foto)
2020 yilning 08 dekabr kuni soat 13:40 da Toshkent shahri Shayxontohur tumani Taxtapul mahallasi Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan «Malika savdo majmuasi»ning asosiy kirish darvozasi oldida 21 yoshli S.X. 27 yoshli R.M. bilan janjallashib ketgan. Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaganligi yetmaganidk qo‘lidagi «pakki» pichog‘i bilan fuqaro R.M.ning bel va o‘ng lunj sohasiga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
«Malika»da pichoqbozlik sodir bo‘ldi (foto)
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, R.M.ning tanasida bel sohasi chap yarmi sanchib kesilgan, o‘ng lunj sohasi kesilgan jarohatlari mavjudligi, ular og‘irlik darajasi bo‘yicha «o‘rtacha og‘ir» tan jarohatlari hisoblanishi qayd etilgan.
«Malika»da pichoqbozlik sodir bo‘ldi (foto)
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.