Xorazmga kuchli shamol va qor bo‘roni yopirildi (foto, video)

Xorazmga kuchli shamol va qor bo‘roni yopirildi (foto, video)
Kadr: Telegram
Xorazm aholisi ijtimoiy tarmoqlarga 13 mart kuni viloyatga yopirilgan kuchli qor bo‘roni tasvirlangan video va fotolarni joylashtirmoqda. Noodatiy kuchli qor bo‘roni, qor va shamolga, xususan, Urganch aholisi guvoh bo‘lgan.

Avvalroq «O‘zgidromet» Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlariga sovuq havo oqimi kirib kelishi haqida ogohlantirgan edi. Joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishini, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligini ma’lum qilgan.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida viloyatdagi elektr tarmoqlariga ham katta zarar yetmoqda.
Xorazmga kuchli shamol va qor bo‘roni yopirildi (foto, video)
Foto: «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ
«‘Xorazm hududiy elektr tarmoqlari’ AJning barcha tezkor ishchi guruhlari jalb qilinib, avariyalarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Xorazmga kuchli shamol va qor bo‘roni yopirildi (foto, video)
Foto: «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ
Telegram’dagi AviaSpotter kanalida e’lon qilingan videolarning birida Urganch aeroporti tasvirlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.