Anomal sovuq Navoiy va Buxoroga yopirildi (video)

Foto: YHXBB
Navoiy viloyatida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti sabab Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan yo‘lning bir qismi yopildi, deya xabar qilmoqda YHXBB.
Ma’lum qilinishicha, vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘ayotgani, shamol tezligi 30-35 metr/sekundgacha kuchayib, yo‘lga sepilgan qum va tuz aralashmalarini ham uchirib yuborayotgani, buning natijasida muzlamalar yuzaga kelgani bois, Navoiy viloyati Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan A-379 avtomobil yo‘lining 206-289 kilometrlarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Avvalroq Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelgani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Navoiy viloyatida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti sabab Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan yo‘lning bir qismi yopildi, deya xabar qilmoqda YHXBB.
Ma’lum qilinishicha, vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘ayotgani, shamol tezligi 30-35 metr/sekundgacha kuchayib, yo‘lga sepilgan qum va tuz aralashmalarini ham uchirib yuborayotgani, buning natijasida muzlamalar yuzaga kelgani bois, Navoiy viloyati Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari hududidan o‘tgan A-379 avtomobil yo‘lining 206-289 kilometrlarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Avvalroq Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelgani xabar qilingandi.
— Shukhrat (@bankir2102) March 13, 2021
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













