Toshkentdagi ba’zi maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda

Toshkentdagi ba’zi maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda
Foto: «Ruo.ch-adm.ru»
Hududlar rahbariyatining koronavirus tarqalishi oldini olishga qaratilgan choralarni joriy etish bo‘yicha vakolatini inobatga olib koronavirusning keng tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahrining ayrim maktablarida o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Masofaviy shaklga o‘tadigan maktablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab rahbariyati tomonidan ota-onalarga sinf rahbarlari tomonidan yetkazib boriladi.

Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi havfsizligi va sog‘ligini ta’minlagan holda ularni «Onlayn maktab» loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘raydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.