O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Uchrashuvda “PrivaZorg Maastricht” kompaniyasi direktori, “Nobama care” (Niderlandiya) kompaniyasi raisi B.Nizomiy hamda “Jawzjan Al-Hayot” kasalxonasi (Afg‘oniston) muassisi A.Xamiylar ham ishtirok etishdi.
Xorijlik mehmonlar O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlar, yangi yo‘nalishlar va turistik mahsulotlar, “Uzbekistan SafeTravel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishishdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi
Tomonlar O‘zbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘ziga xos xususiyatlar haqida atroflicha fikr almashishdi. Xorijiy tadbirkorlar mamlakatning yuksak turizm salohiyatini inobatga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi
“Privazorg Maastricht” Niderlandiyadagi “PrivaZorg” tibbiy muassasasini qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy markaz. U “uyda parvarish qilish”ga ixtisoslashgan. “Nobama Care” kompaniyasi to‘liq tibbiy yordamga ega qariyalar uylari tarmog‘idir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.