AQSH harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligida bo‘ldi

AQSH harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligida bo‘ldi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi strategiya, rejalashtirish va siyosat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, brigada generali Dyuk Pirak boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida brigada generali Dyuk Pirak O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general mayor Shuhrat Xolmuhamedov bilan uchrashgan.
AQSH harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligida bo‘ldi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasi va harbiy hamkorlikning holati, uning istiqbollari muhokama etilgan.
AQSH harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligida bo‘ldi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
«Tashrifning keyingi kunlarida delegatsiya a’zolarini Samarqand shahrida joylashgan kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, tarixiy shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohat rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.