Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi

Ramazon hayiti munosabati bilan odamlar ustidan pul sochgan yigit o‘z qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda urgutlik yigitning pul sochayotgani aks etgan lavha ko‘plab yurtdoshlarimiz orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.vSamarqand viloyati IIB tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqildi.

Qayd etilishicha, Urgut tumani «Vag‘ashti» mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan N.J. Ramazon hayiti munosabati bilan qarindosh va qo‘shnilarini mehmondorchilikka chaqirib, ularning farzandlarini xursand qilish maqsadida ustilariga pul sochgan.

N.J. bilan olib borilgan suhbat davomida u qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirdi.
Fuqaro va uning yaqin qarindoshlari bilan kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazilib, fuqaroga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.