Prezidenti Shavkat Xo‘jand shahriga bordi (foto)

Prezidenti Shavkat Xo‘jand shahriga bordi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifi doirasida 11-iyun kuni Dushanbedan Xo‘jandga keldi.
Oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.
\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati
Xo‘jandda davlatimiz rahbari tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan aeroport va ko‘chalarda jamoatchilik vakillari Prezidentimizni katta xursandchilik bilan kutib oldi.
\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ikki mamlakat yetakchilari qisqa uchrashuv o‘tkazib, birgalikda Xo‘jand yaqinidagi «Arbob» madaniyat saroyiga yo‘l oldilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.