Qashqadaryoning tog‘li hududlariga kuchli sel keldi

Qashqadaryoning tog‘li hududlariga kuchli sel keldi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Bugun Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘di. Natijada to‘planib qolgan mayda tosh zarrachalarining sel toshqinida oqib kelishi oqibatida tog‘li Ko‘l qishlog‘iga olib boradigan yo‘lning holatiga zarar yetgan va vaqtincha qatnov to‘xtatilgan.

Vaziyatdan xabar topgan Shahrisabz tumani hokimligi zaruriy texnikalar va yoqilg‘i mahsulotlarini talafot joyiga yubordi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ayni vaqtda vaziyat barqarorlashgan. Yo‘l holati yaxshilanib, avtomobil qatnovi tiklangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.