COVID-19 bilan kasallangandan so‘ng nima iste’mol qilish kerak?

Foto: «Moeip.ru»
To‘g‘ri ovqatlanish organizmning koronavirus infeksiyasidan so‘ng tiklanishida nihoyatda muhimdir. Taomnomaga don mahsulotlari, dukkaklilar, meva-sabzavotlar, rezavorlar, shuningdek, baliq va sut mahsulotlarini kiritish kerak. Bu haqda «RIA Novosti» agentligiga rossiyalik mutaxassis Margarita Provotorova ma’lum qildi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, odam oddiy hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan barcha mikroelementlarni oziq-ovqatdan olishi darkor.
Provotorovaning ta’kidlashicha, taomnomada ko‘p miqdorda qayta ishlanmagan yoki yaxlit don bo‘lishi kerak: jo‘xori uni, grechixa, guruch, perlovka, bulgur. Bu donlar energiya, V vitaminlari va oziq tolasi ajoyib manbai hisoblanadi.
Dukkaklilar oson hazm bo‘ladigan o‘simlik oqsili, mis va rux manbai sanaladi. S vitamini, beta-karotin, folat, bioflavonoidlar va tolalar meva-sabzavot hamda rezavorlarda uchraydi, ularni kuniga besh porsiyagacha iste’mol qilish kerak. Bir porsiya 80-100 gramm sof mahsulot yoki bitta o‘rtacha kattalikda mevani tashkil etadi.
Shuningdek, taomnomaga baliqni, yaxshisi, yog‘lisini kiritgan ma’qul. Bu kerakli omega-3ni olish imkonini beradi. Bundan tashqari, yog‘ va yong‘oqlarni chiqarib tashlamaslik kerak. Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlaridan esa voz kechgan ma’qul.
Kundalik taomnomada o‘rtacha yog‘li sut mahsulotlari bo‘lishi lozim: tvorog, kefir, oq yogurt, pishloq.
Shu bilan birga, mutaxassis COVID-19dan keyin reabilitatsiya paytida ikra iste’mol qilishni tavsiya etmaydi. Chunki uning tarkibida ko‘p miqdorda tuz bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!To‘g‘ri ovqatlanish organizmning koronavirus infeksiyasidan so‘ng tiklanishida nihoyatda muhimdir. Taomnomaga don mahsulotlari, dukkaklilar, meva-sabzavotlar, rezavorlar, shuningdek, baliq va sut mahsulotlarini kiritish kerak. Bu haqda «RIA Novosti» agentligiga rossiyalik mutaxassis Margarita Provotorova ma’lum qildi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, odam oddiy hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan barcha mikroelementlarni oziq-ovqatdan olishi darkor.
Provotorovaning ta’kidlashicha, taomnomada ko‘p miqdorda qayta ishlanmagan yoki yaxlit don bo‘lishi kerak: jo‘xori uni, grechixa, guruch, perlovka, bulgur. Bu donlar energiya, V vitaminlari va oziq tolasi ajoyib manbai hisoblanadi.
Dukkaklilar oson hazm bo‘ladigan o‘simlik oqsili, mis va rux manbai sanaladi. S vitamini, beta-karotin, folat, bioflavonoidlar va tolalar meva-sabzavot hamda rezavorlarda uchraydi, ularni kuniga besh porsiyagacha iste’mol qilish kerak. Bir porsiya 80-100 gramm sof mahsulot yoki bitta o‘rtacha kattalikda mevani tashkil etadi.
Shuningdek, taomnomaga baliqni, yaxshisi, yog‘lisini kiritgan ma’qul. Bu kerakli omega-3ni olish imkonini beradi. Bundan tashqari, yog‘ va yong‘oqlarni chiqarib tashlamaslik kerak. Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlaridan esa voz kechgan ma’qul.
Kundalik taomnomada o‘rtacha yog‘li sut mahsulotlari bo‘lishi lozim: tvorog, kefir, oq yogurt, pishloq.
Shu bilan birga, mutaxassis COVID-19dan keyin reabilitatsiya paytida ikra iste’mol qilishni tavsiya etmaydi. Chunki uning tarkibida ko‘p miqdorda tuz bor.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













