Nihoyat, mandat e’lon qilindi

Nihoyat, mandat e’lon qilindi
Bu yil DTM mandat natijalarini juda ortga surib yubordi. Nega kechikkani haqida esa na bir izoh, na bir e’lon berdi.

Nihoyat, 2021-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari bugun, 3 sentabr kuni e’lon qilinadi.

Talabgorlar ko‘pligi va hamma yakuniy natijalarni intiqib kutayotganini sabab, serverga ortiqcha yuklama bo‘lmasligi (har yili abituriyentlardan milliardlar summa yig‘iladi, kuchli serverlar qilishga nima xalaqit qilishi bizga qorong‘u) uchun yakuniy natijalar hududlar kesimida bo‘lib-bo‘lib e’lon qilinadi.

DTMga ko‘ra, natijalarni quyidagi jadvalga muvofiq bilish mumkin:

15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;
16:00 dan – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari;
17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.