6 ta bojxona posti yopildi

6 ta bojxona posti yopildi
«Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan ayrim hududlarda bojxona postlari tugatildi.

Xususan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Naymanko‘l» temir yo‘l chegara bojxona posti;
- Qashqadaryo viloyati «Qarshi tola» TIF bojxona posti “Qarshi” temir yo‘l chegara bojxona posti;
- Surxondaryo viloyati «Amuzang» temir yo‘l chegara bojxona posti;
- Farg‘ona viloyati «Beshariq» temir yo‘l chegara bojxona posti, «O‘qchi» chegara bojxona posti.

2021 yil 1 oktabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlari tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.