Videosini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib pul olgan shaxs ushlandi

Videosini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib pul olgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVing Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro D.X. boshqa bir fuqaro N.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosurat va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborishi bilan qo‘rqitib, evaziga undan tovlamachilik yo‘li bilan 30 mln so‘m talab qilib, elektron to‘lov tizimi orqali tanishi D.ning plastik kartasiga 29,7 mln so‘mni o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.