Pirotexnika buyumlari bo‘yicha yangi qaror chiqdi

Pirotexnika buyumlari bo‘yicha yangi qaror chiqdi
Kecha, 1 dekabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomlasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Qarorga ko‘ra, xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan muomalasi taqiqlanadi.

Lekin texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlari Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarda litsenziyaga ega yuridik shaxslar tomonidan olib qirilishi mumkin.

Pirotexnika buyumlari noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanganlarni aniqlash va javobgarlikka tortish bo‘yicha kompleks choralar ko‘riladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.