Samarqandda bedarak yo‘qolgan 16 yashar qiz topildi

Samarqandda bedarak yo‘qolgan 16 yashar qiz topildi
Kuni kecha Samarqand shahrida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan N.To‘raqulova ota-onasi bilan urushib qolib, 2021 yil 17 oktabr kuni soat taxminan 19:30larda hech kimga aytmasdan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi xabar berilgandi.

19 dekabr kuni bir fuqaro Samarqand viloyati IIBga qo‘ng‘iroq qilib, qiz to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Qo‘ng‘iroqdan so‘ng, soat tungi 3:00 larda viloyat IIB JQB hamda YHXB xodimlari Nixola turgan joyni aniqlab, uni sog‘-salomat IIB ga olib kelishgan. Hozirda qizga ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.