Ayrim hududlarda odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: iStock
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.
Adliya vazirligi 2022 yil 1 iyulgacha Samarqanddagi, 2022 yil 1 dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024 yil 1 sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi.
Shuningdek, vazirlik 2022 yil 1 noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi.
2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalari xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun sud-fonografiya va hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.
Adliya vazirligi 2022 yil 1 iyulgacha Samarqanddagi, 2022 yil 1 dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024 yil 1 sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi.
Shuningdek, vazirlik 2022 yil 1 noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi.
2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalari xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun sud-fonografiya va hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













