Prezident qarori bilan vazirlik tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi

Prezident qarori bilan vazirlik tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi
Prezident qarori bilan Turizm va sport vazirligi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Nigoh» xabar berdi. Unga ko‘ra:

- turizm va sport vazirining ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi. Shu munosabat bilan turizm va sport vazirining ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi;

- turizm va sport vazirining ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi - Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimi joriy qilindi. Shu munosabat bilan turizm va sport vazirining ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.