Qo‘qondagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi oila a’zolari bilan is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qo‘qondagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi oila a’zolari bilan is gazidan zaharlanib vafot etdi
Qo‘qon shahridagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi Saidkamolxon domla Mahmudov turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, Saidkamolxon domla 2014 yildan buyon Qo‘qon shahridagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelgan. 21 mart kuni o‘zi, turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan zaharlanishi natijasida vafot etgan.

«Janoza namozi bugun, 21 mart kuni soat 20:30 da marhumning xonadoni (Qo‘qon shahar Muqimiy shaharchasi Sangzor ko‘chasi)da o‘qiladi», – deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.