Buxoroda saksovul o‘g‘irlagan fuqarolar 36 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

Buxoroda saksovul o‘g‘irlagan fuqarolar 36 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
Foto: Milliy gvardiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi
Buxoroda cho‘l hududidan saksovul o‘g‘irlagan fuqarolar tabiatga 36 million so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi katta ofitseri, katta leytenant Murodjon Rahmatullayev xabar berdi.

Viloyatning Peshko‘ tumani «Bobohoji» mahallasida yashovchi fuqarolar — M.M. hamda Z.M. o‘zlariga tegishli «GAZ-53» rusumli ikkita avtomashinada har biri uch nafardan yollanma ishchi yollab, saksovul o‘simligini o‘g‘irlagan.

«Ular Romitan tumani ‘Qizilravot’ mahallasi hududiga qarashli cho‘lga yashirin yo‘llar orqali kirib, saksovul o‘simligini sindirib, payhon qilgan. M.M. mahalladoshlari — Sh.T. hamda A.T.dan iborat yollanma ishchisi bilan, Z.M. esa D.T., Sh.N. hamda Q.X.lar bilan saksovul yig‘ib, yuk mashinalariga ortgan. Uyushgan guruhlar ortga qaytayotganda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi», — deydi Murodjon Rahmatullayev.
Buxoroda saksovul o‘g‘irlagan fuqarolar 36 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
Foto: Milliy gvardiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi
Qayd etilishicha, saksovul o‘g‘rilari qo‘lga tushgan bo‘lishiga qaramasdan qochishga uringan. Biroq Jondor tumanining Moxoncho‘l hududida qo‘lga olingan. Hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan fuqarolar — M.M. hamda Z.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan umumiy 36 million so‘m zarar jarima sifatida undiriladigan bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.