Buxoroda obodonlashtirish xodimlari itlarni zaharlagani aytilmoqda

Buxoro shahridagi «Zarafshon» mahallasida obodonlashtirish bo‘limi xodimlarni itlarni zaharlagani aytilmoqda. Bu haqda «Mehr va oqibat» tashkiloti xabar qildi.
Qayd etilishicha, mahalla aholisi hayvonlar zaharlangani yuzasidan tashkilotga murojaat qilgan. Unda aytilishicha, xodimlar hududda itlar ko‘payib ketgani haqidagi shikoyatga javoban kelgan. Ular o‘zi bilan dorilar to‘ldirilgan kolbasa olib kelgan. Mahalla raislari xodimlarni itlarni zaharlamaslik, bu uchun qonuniy jazo borligi haqida ogohlantirgan.
Xodimlar go‘yoki ketgandek bo‘lib, zaharlangan kolbasani itlarga berib yuborgan. Oqibatda hayvonlar nobud bo‘lgan. Aholi hodisani tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Holat yuzasidan «Mehr va oqibat» jamiyati Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilib, itlarni zaharlagan aybdorlarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qayd etilishicha, mahalla aholisi hayvonlar zaharlangani yuzasidan tashkilotga murojaat qilgan. Unda aytilishicha, xodimlar hududda itlar ko‘payib ketgani haqidagi shikoyatga javoban kelgan. Ular o‘zi bilan dorilar to‘ldirilgan kolbasa olib kelgan. Mahalla raislari xodimlarni itlarni zaharlamaslik, bu uchun qonuniy jazo borligi haqida ogohlantirgan.
Xodimlar go‘yoki ketgandek bo‘lib, zaharlangan kolbasani itlarga berib yuborgan. Oqibatda hayvonlar nobud bo‘lgan. Aholi hodisani tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Holat yuzasidan «Mehr va oqibat» jamiyati Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilib, itlarni zaharlagan aybdorlarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













