Ozarbayjonlik xonanda Jonyning umra safari muxlislar e’tiborini tortdi

Ozarbayjonlik xonanda Jonyning umra safari muxlislar e’tiborini tortdi

Taniqli ozarbayjonlik xonanda Jony Umra safarida ekan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda san’atkor muqaddas safar libosi — ehromda ko‘rinish berganini ko‘rish mumkin.

Jony rus qo‘shiqchisi va qo‘shiqlar muallifi sifatida keng auditoriya qalbidan joy olgan. Uning ijodi nafaqat Ozarbayjon va Rossiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham ko‘plab muxlislarni o‘ziga jalb etgan.

San’atkorning Umra safaridan lavhalari tezda internetda ommalashdi. Bu holat hayratlanarli emas, chunki deyarli har bir hududda Jonyning sodiq muxlislari bor.

Muxlislar xonandaga ezgu tilaklar bildirib, uning muqaddas safarini samimiy qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ozarbayjonlik xonanda Jonyning umra safari muxlislar e’tiborini tortdi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.