Yosh ko'rinishga ega go'zal Shahzoda o'g'li Salihni uylantirdi!

Yosh ko'rinishga ega go'zal Shahzoda o'g'li Salihni uylantirdi!

Xonanda Shahzoda o‘g‘li Salihning to‘y marosimini o‘tkazib, bu quvonchli voqeani ijtimoiy tarmoqlarda muxlislari bilan bo‘lishdi.

San’atkor tomonidan joylangan videolar va suratlarda to‘y jarayonidan lavhalar aks etgan bo‘lib, ular qisqa fursatda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur voqeaga ko‘plab san’atkorlar ham o‘z munosabatini bildirgan. Xususan, Aziza Nizomova o‘z izohida vaqtning tez o‘tayotganini ta’kidlab, Salihning ulg‘ayib, oila qurayotganidan hayratlanganini yozgan.

Yosh ko'rinishga ega go'zal Shahzoda o'g'li Salihni uylantirdi!

U shuningdek, avvalgi xotiralarni eslab, Shahzodaning o‘zgarmas go‘zalligini ham alohida qayd etgan.

To‘yga oid tasvirlar muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, yosh oilaga ezgu tilaklar bildirildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.