“Taqdirimdan roziman” Yulduz Usmonova taqdiri haqida kutilmagan fikr bildirdi


O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova hayoti va taqdiri haqidagi samimiy fikrlari bilan muxlislar e’tiborini tortdi. San’atkor o‘z hayotidan mamnun ekanini aytib, o‘tmishdagi hech bir voqeani o‘zgartirishni istamasligini ta’kidladi.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, inson hayotida ro‘y beradigan har bir sinov va quvonch uning taqdir yo‘lini shakllantiradi. Shu bois u boshidan o‘tgan qiyinchiliklar yoki muvaffaqiyatlarga afsus bilan qaramasligini aytdi.
— Taqdirimdan roziman. Hayotimdagi hech narsani o‘zgartirishni xohlamayman. Chunki har bir voqea menga saboq va tajriba bergan, dedi Yulduz Usmonova.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













