Karima Rizayeva tug‘ilgan kunidagi sovg‘alari bilan e’tibor markaziga aylandi

Karima Rizayeva tug‘ilgan kunidagi sovg‘alari bilan e’tibor markaziga aylandi

Shou-biznes olamiga begona bo‘lmagan Karima Rizayeva ayni kunlarda tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Munisa Rizayevaning singlisi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bayramdan lavhalar ulashib, muxlislar e’tiborini tortdi.

Karima Rizayeva uyining gullarga to‘lib ketganini ko‘rsatgan videolarni joyladi. Surat va videolarda turli ko‘rinishdagi katta gul savatlari ham aks etgan bo‘lib, muxlislar bunga iliq munosabat bildirmoqda.

Karima o‘z sahifasida samimiy izoh ham qoldirdi. U tug‘ilgan kunining ilk daqiqalarida qo‘lida bitta gul bilan Allohdan tilak qilganini, keyinchalik esa eshikni ochib, o‘zi kutganidan ham ortiq mehr va e’tiborni ko‘rganini yozgan.

Karima Rizayeva tug‘ilgan kunidagi sovg‘alari bilan e’tibor markaziga aylandi

“00:00 da qo‘limda bitta gul ushlab turardim va Allohdan nima so‘raganimni o‘ylardim. Keyin esa eshikni ochdim va Alloh men uchun tasavvur qilganimdan ham ko‘proq narsani tayyorlab qo‘yganini ko‘rdim”, — deb yozdi u.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.