Ozoda Nursaidova konsertda qaysi qo‘shig‘ini ko‘ngildan, xotiralar bilan kuyladi?

Ozoda Nursaidova konsertda qaysi qo‘shig‘ini ko‘ngildan, xotiralar bilan kuyladi?

Xonanda Ozoda Nursaidova o‘zining navbatdagi shou konsert dasturini muxlislariga taqdim etmoqda. Kecha davomida san’atkorning jonli ijrolari va sahnadagi samimiy chiqishlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Konsert davomida Ozoda Nursaidova o‘zining mashhur taronalarini ijro etib, zalga yig‘ilgan muxlislarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Har bir chiqish olqishlar bilan qarshi olinib, muxlislar xonanda bilan birgalikda qo‘shiqlarni kuylashdi.

Kecha davomida xonandaga: “Sahnada aynan qaysi qo‘shig‘ingizni ko‘ngildan yoki xotiralar bilan birga kuyladingiz?” degan savol berildi. Ozoda Nursaidova esa ikkilanmasdan “To‘ylar muborak” qo‘shig‘ini tilga oldi.

Muxlislarning fikricha, aynan ushbu qo‘shiq ijrosi vaqtida xonandaning his-hayajoni va samimiyati yanada yaqqol sezilgan. Konsertdan lavhalar esa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.