Ozoda Nursaidova bu gal konsert uchun qanday sahna imijlarini tanladi?

Ozoda Nursaidova bu gal konsert uchun qanday sahna imijlarini tanladi?

Xonanda Ozoda Nursaidova ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan konsert dasturi uchun tanlagan imijlari bilan muxlislarini hayratda qoldirmoqda. San’atkor sahnada nafaqat ijrosi, balki o‘ziga xos uslubi va zamonaviy qiyofasi bilan ham e’tiborni tortmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, xonanda bu yilgi konsert dasturida turli xil obrazlarni namoyish etishga alohida urg‘u bergan. U klassik, hindcha hamda kechki (vecherniy) uslubdagi liboslarni tanlab, har bir chiqishini o‘ziga xos ko‘rinishda bezagan.

Instagramda tarqalgan videolarda Ozoda Nursaidova kamida 6 xil obrazda ko‘rinish bergani muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Har bir obraz o‘zining nafisligi, zamonaviyligi va sahnaga mosligi bilan ajralib turadi.

Ozoda Nursaidova bu gal konsert uchun qanday sahna imijlarini tanladi?

Xonanda intervyularidan birida konsert uchun maxsus ikki xil kostyum tikdirgani, umuman olganda esa barcha imijlari uchun katta mablag‘ sarflaganini ham ochiq aytgan. U muxlislari uchun sifat va go‘zallikni ayamasligini, sahnaga har doim yangicha ko‘rinishda chiqishni istashini ta’kidlagan.

Ozoda Nursaidova bu gal konsert uchun qanday sahna imijlarini tanladi?

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.