Yigitali Mamajonov: Rayhon xohlaganicha baxtli hayotni bera olmadim

Yigitali Mamajonov: Rayhon xohlaganicha baxtli hayotni bera olmadim
Yigitali Mamajonov: Rayhon xohlaganicha baxtli hayotni bera olmadim

Kinoaktyor Yigitali Mamajonov xonanda Rayhon bilan o‘rtasidagi oilaviy mojarolari, farzandlari, Moskvadan qaytish yoki qaytmasligi haqidagi savollarga javob berdi, deb xabar bermoqda «Uz24.uz».

«Darakchi» nashri jurnalisti aktyordan «To‘g‘risi, sizdan Rayhon bilan oilaviy mojarolar haqida ‘Bularning hammasi yolg‘on’ degan javob olishni chin dildan istayapman» qabilidagi savoliga «Bu ham bir sinov, taqdirimda bor ekan nachora», deya javob qaytargan.

Shuningdek, u «Rayhon xohlaganicha baxtli hayotni bera olmadim. Balki bunga sabab…», «Rostini aysam shu kunga qadar hech qaysi obrazimdan ko‘nglim to‘lmagan…» kabi javoblarni ham tilga olgan. Hamda farzandlarini qanchalik sog‘ingani-yu ularning kelajagi haqida ham so‘z yuritgan. Shaxsiy hayotini omma oldida oshkora qilishni istamaydigan Yigitali «O‘zimni oppoq deya olmayman» deb aytgan.

Ayni paytda Moskvada bo‘lib turgan aktyordan O‘zbekistonga qachon qaytib kelishi haqida so‘ralganda u: «Axir samolyot kabi transportlar bor-ku! Albatta qaytaman!» deb javob qaytargan.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.