Isroil Madrimov va Mishel Soro revansh jangi sanasi va manzili aniq boʻldi

Isroil Madrimov va Mishel Soro revansh jangi sanasi va manzili aniq boʻldi
Professional boksning super yarim oʻrta vazn toifasida (69,8 kg) WBA eliminator jangi sifatida Isroil Madrimov va Mishel Soro oʻrtasida revansh buyurilgan edi.

Soroning promouterlik kompaniyasi \"Y12_Boxing\"ning instagram sahifasida ma'lum qilinishicha, ushbu bahs 9 iyul kuni Angliyaning London shahrida boʻlib oʻtadi. Ammo bu hali Matchroom kompaniyasi tomonidan rasman tasdiqlanmadi.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yil dekabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan toʻqnashuvda gongdan soʻng bir necha zarbalar yoʻllanishi natijasida, Madrimovning 9-raunddagi texnik nokautli gʻalabasi tashkilotni qoniqtirmagan va ikkinchi jangga buyruq berilgan edi.
Isroil Madrimov va Mishel Soro revansh jangi sanasi va manzili aniq boʻldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.