Mourino: "Hakamlarning xatolaridan charchadik"

Mourino: "Hakamlarning xatolaridan charchadik"
\"Roma\" bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya chempionati hakamlarini yana bir bor tanqid qildi. Portugaliyalik mutaxassisning aytishicha, uning jamoasi \"Roma\" ishtirokidagi o‘yinlardan so‘ng hakamlarning chetlatilishidan allaqachon charchagan.

Biz hakamlik xatolaridan allaqachon toliqqanmiz. Har safar “Roma” o‘yinidan so‘ng hakamlar chetlatilishidan charchadik. Diskvalifikatsiya orqali ular xatolarini tushunib olar, ammo bizga yo‘qotilgan ochkolarni qanday qaytarishi mumkin?\", - dedi Mourino matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda \"Fiorentina\" - \"Roma\" uchrashuvining bosh hakami Rim klubi darvozasiga noto‘g‘ri belgilangan penalti tufayli bir necha o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.