Jamshid Najmiddinov amerikalik bokschisini 2-raunddayoq nokautga uchratdi

Jamshid Najmiddinov amerikalik bokschisini 2-raunddayoq nokautga uchratdi
Foto: Instagram / @therealjamshid
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Jamshid Najmiddinov (19-2, 15 KO) Toshkent vaqti bilan 15 may tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

AQSHning Dallas shahrida bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbekistonlik bokschi mahalliy sportchi Charlz Hetliga (30-3-1, 21 KO) qarshi bahs olib bordi. Katta ustunlikka erishgan Najmiddinov ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.

Ushbu g‘alaba orqali Jamshidbek WBC Amerika mintaqaviy kamariga ega chiqdi.

Qayd etish kerak, Hetlining ketma-ket to‘rtta g‘alabadan iborat seriyasiga yakun yasaldi. So‘nggi bor Charlz super yarim o‘rta vazn toifasi mutlaq chempioni Jermell Charloga yutqazib qo‘ygandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.