A Seriyada mavsum to‘purari kim bo‘ldi?

A Seriyada mavsum to‘purari kim bo‘ldi?
Yakuniga yetgan Italiya A Seriyasining eng yaxshi to‘purari sifatida “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile qayd etildi.

32 yoshli italiyalik hujumchi 31 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urdi (7 tasi penaltidan). Ikkinchi o‘rinda esa qishda \"Fiorentina\"dan \"Yuventus\"ga o‘tgan hujumchi Dushan Vlaxovich egalladi. Uning hisobida 24 ta gol mavjud. Kuchli uchlikka “Inter” hujumchisi Lautaro Martines 21 ta gol bilan yakun yasab berdi.

“Sassuolo” futbolchisi Domeniko Berardi 14 ta golli uzatma bilan mavsumning eng yaxshi assistentiga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.