YECHL 2022/23 yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan 26 jamoa

YECHL 2022/23 yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan 26 jamoa
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma qo‘lga kiritgan barcha 26 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Germaniya Bundesligasidan 5 ta jamoa YECHL guruh bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. «Bavariya», «Borussiya D», «Bayer» va «Leypsig» jadvaldagi yuqori o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, «Ayntraxt» Yevropa Ligasi g‘olibi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

APLdan «Chelsi» va «Tottenhem» 3 va 4-o‘rinlarni egallagan holda yo‘llanmani hal qildi. Fransiya chempionatida «Marsel» 2-yo‘llanma egasiga aylandi. «Bryugge» Belgiya chempioni sifatida YECHL guruh bosqichida ishtirok etadigan 26-jamoaga aylandi. Yana 6 ta jamoa saralash orqali aniqlanadi.

Chempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsumi guruh bosqichiga yo‘llanmaolgan jamoalar: «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Tottenhem» (barchasi Angliya), «Real», «Barselona», «Atletiko», «Sevilya» (barchasi Ispaniya), «Milan», «Inter», «Napoli», «Yuventus» (barchasi Italiya), «Bavariya», «Borussiya D», «Bayer», «Leypsig», «Ayntraxt» (barchasi Germaniya), «PSJ», «Marsel» (ikkisi Fransiya), «Portu», «Sporting» (ikkisi Portugaliya), «Zalsburg» (Avstriya), «Seltik» (Shotlandiya), «Ayaks» (Niderlandiya), «Bryugge» (Belgiya) va «Shaxtyor» (Ukraina).
YECHL 2022/23 yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan 26 jamoa
Foto: Bleacher Report
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.