U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o‘yinlar bo‘ladi?

U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o‘yinlar bo‘ladi?
Ma’lumki, 1-19 iyun kunlari yurtimizda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilayotgani bois qiziqish katta. Muxlislarimiz ayniqsa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasidan ijobiy natija kutmoqda.

16 terma jamoa qatnashadigan musobaqada jami 32ta o‘yin o‘tkaziladi. Uchrashuvlarga to‘rtta stadion mezbonlik qiladi: \"Bunyodkor\", \"Paxtakor\", \"Lokomotiv\" hamda Qarshi \"Markaziy\" stadioni.

\"Bunyodkor\" va \"Paxtakor\" stadionlari 9tadan uchrashuvni qabul qilsa, \"Lokomotiv\" o‘yingohida 8ta bellashuv bo‘lib o‘tadi. Qarshidagi \"Markaziy\" stadion esa 6ta o‘yinga mezbonlik qiladi. Quyida o‘yinlar taqvimi va boshlanish vaqtlarini to‘liq keltirib o‘tamiz.

\"A\" guruhi: O‘zbekiston, Eron, Qatar, Turkmaniston.
\"B\" guruhi: Avstraliya, Iordaniya, Iroq, Quvayt.
\"C\" guruhi: Janubiy Koreya, Tailand, Vetnam, Malayziya.
\"D\" guruhi: Saudiya Arabistoni, BAA, Yaponiya, Tojikiston.
U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o‘yinlar bo‘ladi?
\"Bunyodkor\" stadionida bo‘ladigan o‘yinlar:
1 iyun, Chorshanba. 18:00. Eron - Qatar
2 iyun, Payshanba. 20:00. Tailand - Vetnam
4 iyun, Shanba. 18:00. Turkmaniston - Eron
5 iyun, Yakshanba. 20:00. Malayziya - Tailand
7 iyun, Seshanba. 22:00. Qatar - Turkmaniston
9 iyun, Payshanba. 20:00. Yaponiya - Tojikiston
11 iyun, Shanba. 18:00. 1/4 final (B-1/A-2)
15 iyun, Chorshanba. 21:00. 1/2 final
19 iyun, Yakshanba. 18:00. FINAL
U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o‘yinlar bo‘ladi?
\"Paxtakor\" stadionida bo‘ladigan o‘yinlar:
1 iyun, Chorshanba. 20:00. O‘zbekiston - Turkmaniston
3 iyun, Juma. 18:00. BAA - Yaponiya
4 iyun, Shanba. 20:00. Qatar - O‘zbekiston
6 iyun, Dushanba. 18:00. Yaponiya - Saudiya Arabistoni
8 iyun, Chorshanba. 18:00. Janubiy Koreya - Tailand
11 iyun, Shanba. 21:00. 1/4 final (A-1/B-2)
12 iyun, Yakshanba. 18:00. 1/4 final (C-1/D-2)
15 iyun, Chorshanba. 18:00. 1/2 final
18 iyun, Shanba. 18:00. 3-o‘rin uchun bahs
U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o‘yinlar bo‘ladi?
\"Lokomotiv\" stadionida bo‘ladigan o‘yinlar:
2 iyun, Payshanba. 18:00. Janubiy Koreya - Malayziya
3 iyun, Juma. 20:00. Saudiya Arabistoni - Tojikiston
5 iyun, Yakshanba. 18:00. Vetnam - Janubiy Koreya
6 iyun, Dushanba. 20:00. Tojikiston - BAA
7 iyun, Seshanba. 18:00. Avstraliya - Iordaniya
8 iyun, Chorshanba. 18:00. Vetnam - Malayziya
9 iyun, Payshanba. 18:00. Saudiya Arabistoni - BAA
12 iyun, Yakshanba. 21:00. 1/4 final (D-1/C-2)
U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o‘yinlar bo‘ladi?
Qarshi \"Markaziy\" stadionda bo‘ladigan o‘yinlar:
1 iyun, Chorshanba. 18:00. Avstraliya - Quvayt
1 iyun, Chorshanba. 22:00. Iordaniya - Iroq
4 iyun, Shanba. 18:00. Iroq - Avstraliya
4 iyun, Shanba. 22:00. Quvayt - Iordaniya
7 iyun, Payshanba. 18:00. Iroq - Quvayt
7 iyun, Payshanba. 22:00. O‘zbekiston - Eron
U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o‘yinlar bo‘ladi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.