Abdurauf Bo‘riyev: "Raqibning chuqur himoyaviy o‘yin namoyish etishini kutgandik"

Abdurauf Bo‘riyev: "Raqibning chuqur himoyaviy o‘yin namoyish etishini kutgandik"
U-23 Osiyo chempionatining 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Turkmaniston (1:0) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng jamoamiz o‘yinchisi Abdurauf Bo‘riyev bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Dastlabki o‘yin har doim qiyin ruhda o‘tgan. Turkmaniston yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Biroz qiyinchiliklar bo‘ldi, lekin muammolarni sekin-asta yengib o‘tamiz.

— Raqibning bu darajada qarshilik ko‘rsatishini kutganmidingiz?
— Albatta, raqibning chuqur himoyaviy o‘yin namoyish etishini kutgandik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik.

— Bugun futbolchilar erkin o‘yin namoyish etishdi. Jamoaviy kombinatsion o‘yindan ko‘ra, o‘yinchilarning o‘zlari vaziyatlarni yakunlashga harakat qilishdi. Murabbiy shunday ko‘rsatma berganmidi yoki raqib shuni taqozo etdimi?
— Raqib bizni shunga majbur qildi. Albatta, murabbiyning ko‘rsatmalarini ham bajarishga harakat qildik. Lekin raqib qarshiligi tufayli o‘zimiz kutgandek o‘yin namoyish etolmadik.

— Bir vaziyatda to‘pni oldirib qo‘ydingiz hamda raqib darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba ham yo‘lladi. Yaxshiyamki, vaziyat bartaraf etildi. Agar o‘shanda gol o‘tkazib, natija ko‘ngilsiz yakunlanganda, tanqidlardan cho‘chimasmidingiz?
— Tanqidlarga ahamiyat bermaslik lozim. Aks holda bu narsa psixologik jihatdan salbiy ta’sir o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.