Niderlandiya Lui van Gal qo‘l ostida 10 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti

Niderlandiya Lui van Gal qo‘l ostida 10 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti
Niderlandiya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Belgiya ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Niderlandiya ketma-ket 10 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmasdan kelmoqda. Bosh murabbiy Lui van Gal qo‘l ostida ushbu seriya 1 sentabr kuni JCH—2022 saralashi doirasida Norvegiyaga qarshi o‘yindagi 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng boshlangan edi. Shu vaqtga qadar niderlandlar 7 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etdi.

Niderlandiya termasi Millatlar Ligasi doirasida yana ikki marta Uels bilan, shuningdek, Polsha bilan to‘qnash keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.