Rafael Nadal — «Rolan Garros»ning 14 karra g‘olibi bo‘ldi!

Rafael Nadal — «Rolan Garros»ning 14 karra g‘olibi bo‘ldi!
Foto: Reuters
Parijda o‘tgan katta shlem tasnifidagi «Rolan Garros» turniri Rafael Nadalning g‘olibligi bilan yakunlandi.

Jahonning 5-raketkachisi bo‘lib turgan ispaniyalik afsonaviy tennischi finalda norvegiyalik Kasper Ruudni qiyinchiliksiz (6:3; 6:3; 6:0) mag‘lub etib, «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi turnirlarda o‘zining 22-sovriniga ega chiqdi. Bu borada Nadal jahonning eng yaxshi tennischisi sifatida Rojer Federer va Novak Jokovichni ikkita sovringa ortda qoldirdi.

Qayd etish joiz, Australian Open’da ham g‘olib bo‘lgan Rafael faoliyatida ilk bor katta shlem tasnifidagi dastlabki ikki musobaqada tengsiz bo‘ldi.
Rafael Nadal — «Rolan Garros»ning 14 karra g‘olibi bo‘ldi!
Parij, Fransiya. 22 may – 5 iyun
«Katta dubulg‘a» turniri

Mukofot jamg‘armasi – 43 600 000 yevro
Final. 5 iyun
Rafael Nadal (Ispaniya) – Kasper Ruud (Norvegiya)
6:3; 6:3; 6:0.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.