Eldor Shomurodovning transfer narxi yana tushdi

Eldor Shomurodovning transfer narxi yana tushdi
Transfermarkt A Seriyada harakat qilayotgan o‘yinchilarning yangi narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, \"Roma\" hujumchisi Eldor Shomurodov 2 million yevroga arzonlashdi. Uning hozirgi bahosi 8 million yevroni tashkil etadi.

Qayd etish kerakki, hujumchi Rim klubiga o‘tganida uning bahosi 14 million yevroni tashkil etayotgan edi.

Shomurodov o‘tgan mavsum \"Roma\" tarkibida A Seriya doirasidagi 28ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.