Xvan Son Xon: "Mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman"

Xvan Son Xon: "Mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman"
Janubiy Koreya U-23 bosh murabbiyi Xvan Son Xon Yaponiya U-23 bilan uchrashuvdan so‘ng (0:3) matbuot anjumanida qatnashdi.

\"Men tarkib tanlashda va taktikada xatoga yo‘l qo‘ydim. Mag‘lubiyat uchun aybni o‘z zimmamga olaman. Biz 3 ta to‘p farqi bilan yutqazamiz deb o‘ylamagandik, bunga loyiq emasdik. Bugun bizni stadionda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Ulardan uzr so‘rayman\", — dedi koreyaliklar ustozi.

- Jamoangiz ko‘p vaziyatlar yaratdi, biroq gol urolmadi. Nima uchun bunday bo‘ldi?
- Bizga mahorat yetishmadi. O‘yin sifati va imkoniyatlardan unumli foydalanish ustida ishlashimiz kerak.

- Yaponiya haqida nima deya olasiz?
- Yaponiya yaxshi o‘ynadi. Futbolchilarining tezligi lol qoldirdi. Kuchli jamoa ekanligi ko‘rinib turibdi. Bahsga ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan ekan.

- Hakamlarga nisbatan qandaydir e’tirozingiz bormi?
- Hech qanday e’tiroz yo‘q. Men hakamlar va ular chiqargan qarorni hurmat qilaman.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.